Mehnat qonunchiligi va korrupsiyaga qarshi trening o‘tkazildi
“OZLITINEFTGAZ” AJda xodimlar uchun mehnat munosabatlari va korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida trening-seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Bandlik vazirligi va “O‘zbekneftgaz” AJ komplayens departamenti mutaxassislari ishtirok etib, mehnat shartnomalari turlari, ta’til berish tartiblari, ishga qabul qilishda shaffoflik hamda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish masalalari yuzasidan tushunchalar berdilar.
Mutaxassislar ta’kidlaganidek, korrupsiyaga qarshi kurash faqat hujjatlarda emas, balki har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati va hayotiy pozisiyasiga aylanishi zarur.
Trening davomida amaliy keyslar muhokama qilindi, savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilarga huquqiy bilim hamda “halollik vaksinasi”ni mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar berildi.