April 7, 2023

“O‘zbekneftgaz”: Mahalliy korxona tomonidan ishlab chiqarilgan havo filtrlari azotli kompressor qurilmasida sinovdan o‘tkazildi

Ruscha

Joriy yilning fevral oyida “O‘zbekneftgaz” AJ ishchi guruhi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va sanoat kooperatsiya aloqalarini kengaytirish maqsadida “SDK GROUP AND” MCHJ QKga tashrif buyurib, tizim korxona va boshqarmalar uchun importdan harid qilinayotgan turli xildagi filtr va moylarni o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvlar olib borgan edi.

Ushbu kelishuvlar asosida “SDK GROUP AND” MCHJ QK tomonidan ishlab chiqarilgan 3 dona havo filtri tajriba sinovidan o‘tkazish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli azotli kompressor qurilmasiga o‘rnatildi. 72 soat davom etgan sanoat sinovlarida qurilmada hech qanday salbiy o‘zgarishlar aniqlanmadi.

Tajriba sinov ishlari ijobiy yakunlanib, natijasi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. Kelgusida havo filtrlarini sotib olishda birinchi navbatda mahalliy ishlab chiqaruvchi takliflarini ko‘rib chiqish belgilab olindi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan sanoat kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda hamkorlikda import mahsulotlarini o‘zlashtirish natijasida valyuta tejamkorligiga erishiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|