October 4, 2024

Ta’mirlash va modernizatsiya ishlari holati o‘rganildi  

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida bo‘lib, texnologik jarayonlarning ish samaradorligini oshirish, alohida muhim ob’yektlarni barqaror ishlashi, shuningdek, kuz-qish mavsumida respublika aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarini uglevodorod xom ashyosi va mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida olib borilayotgan joriy ta’mirlash va modernizatsiya ishlari bilan yaqindan tanishishdi.

Dastlab, bu jarayonlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jami 1683 ta banddan iborat chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha taqdimot qilinib, bajarilgan ishlar yuzasidan majmua rahbarining hisoboti tinglandi.

Ta’kidlash joizki 04.10.2024 yil holatiga ko‘ra, chora-tadbirlarning 849 tasi to‘liq yakunlangan bo‘lib, 546 tasida ishlar bajarilmoqda.

Boshqaruv raisiga majmuaning asosiy ish faoliyatini ta’minlab turuvchi texnologik qurilmalarning modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati haqida axborot berildi.

Majmuadagi "Honeywell" avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, bug‘ gaz havo ta’minoti bo‘limidagi Demin suv olish, Azot va havo olish hamda Plyonka ishlab chiqarish qurilmalarining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini modernizatsiya qilish ishlari shular jumlasidan.

Shuningdek, majmuadagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda energiya tejamkorlik tadbirlari borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirilib, majmua rahbariyati va mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qayd etish lozim ushbu rejali joriy ta’mirlash ishlari va amalga oshirilayotgan modernizatsiya loyihalari ishlab chiqarish jarayonlarida kelgusida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalarning oldini olish hamda texnologik qurilma va uskunalarning uzoq muddat sifatli va samarali ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi.

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook