August 25

Majmuada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Ruscha

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda 2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumida ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligini hamda obyektlarni issiqlik va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, texnologik hududdagi bo‘linmalar quvurlarning texnik holati tekshirilib, ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Shuningdek, yaroqsiz holga kelgan uskunalar va quvurlar yangisiga almashtirilmoqda. Quvuruzatgich izolyasiyalar, mahkamlovchi armatura korobkalari hamda texnologik apparatlar izolyatsiyalarida qisman yangilash ishlari amalga oshirildi.

Shu bilan birga, majmuaga qarashli 7 ta tashqi qozonxonada rejali ta’mirlash ishlari olib borildi. Tayyor mahsulotlar va hom-ashyo bo‘linmasida turli o‘lchamdagi jami 92 ta sig‘im (rezervuar)da, Ichki suv ta’minoti bo‘linmasida 1 ta sig‘im va Tashqi suv ta’minoti bo‘linmasidagi 5 ta sig‘imda tozalash hamda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Elektr ta’minoti tizimlarining barqaror ishlashi uchun majmua hududidagi 7 ta transformator podstansiyasi va 3 ta dizel elektr stansiyasi to‘liq tekshirilib, ishga tayyor holatga keltirildi.

Yangi o‘tkazilgan 110 metrlik quvurga izolyatsiya o‘rnatildi, 60 metr ichki suv ta’minoti quvurlari va 50 metr issiqlik quvurlari ta’mirlandi. Shu bilan birga, texnologik hududdagi 220 metrdan ortiq issiqlik quvurlari zamonaviy materiallar bilan qayta qoplandi.

6 ta gaz ta’minoti punktlarida tekshirish va ta’mirlash ishlari olib borilib, ularning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi ta’minlandi.

Mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, nazorat va muvofiqlashtirish ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Matbuot xizmati