November 14, 2024

“InnoWeek”da neft va gaz sohasidagi innovatsion mahsulotlar namoyish etilmoqda

Ruscha

Joriy yil 14-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, joriy etish hamda uning natijalariga bag‘ishlangan "InnoWeek" xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkazilmoqda.

Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan bo‘lib o‘tayotgan ushbu tadbir “Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori ostida tashkil etildi. Unda “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonalar ham o‘zlarining yangi innovatsion mahsulotlari hamda innovatsion loyihalari bilan faol qatnashmoqda.

Ko‘rgazmada o‘rnatilgan Jamiyat stendida boshqarma va korxonalar hamkorligida respublika oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot institutlari bilan ishlab chiqarilayotgan yangi innovatsion mahsulotlar namunalari namoyish etilmoqda.

Bundan tashqari ko‘rgazma stendida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi turdagi innovatsion mahsulotlar – “Evro 5” hamda “Evro 6” dizelь yoqilg‘i turlari, ”JET A-1” aviatsiya yoqilg‘isi, “AI-98”, “QuWatt AI-95” avtomobil benzin namunalari o‘rin olgan. Shuningdek, ko‘rgazmada namoyish etilayotgan “Uzbekistan GTL” zavodida tayyorlanayotgan “GTL” naftasi, kerosini va dizeli ham namoyish etilmoqda.

Shu bilan birga neft va gaz sohasida faoliyat olib borayotgan olimlar va mutaxassislar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun alohida maydon ham ajratilgan. Innovatsiya bo‘yicha menejerlar qiziquvchilarga ishlab chiqarish korxonalarining innovatsion faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berib borishmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook