May 2, 2023

“O‘zbekneftgaz”: Buyuk Britaniya banki bilan loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ hamda “Barclays” (Buyuk Britaniya) banki vakillari o‘rtasida hamkorlikning keyingi bosqichlari va Eksport kredit agentliklari (EKA) sug‘urtasi orqali moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda dastlab “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining o‘rinbosari bank vakillarini aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, transformatsiya jarayonlari, iqtisodiy barqarorlikka erishish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar natijalari bilan tanishtirdi.

O‘z navbatida “Barclays” banki tomonidan kredit loyihalari riski, loyihani moliyalashtirish bo‘yicha Eksport kredit agentliklari (EKA) krediti va xalqaro moliyaviy bozorlar yo‘nalishlari ofislari ishtiroki bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuvda bank vakillari tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJda amalga oshirilayotgan loyihalar uchun savdoni moliyalashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarga bank tomonidan taklif etiladigan moliyaviy instrumentlar o‘zaro muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni yana rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidlashdi.

Ma’lumot uchun: "Barclays" – Buyuk Britaniya va dunyodagi eng yirik moliyaviy konglomeratlardan biri bo‘lib, Yevropa, AQSH va Osiyoda keng tarqalgan. U aktivlari bo‘yicha Buyuk Britaniyadagi ikkinchi yirik bank hisoblanadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|