December 20

Ayollar onkoskrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Ruscha

Hozirgi kunda onkologik kasalliklar jahon bo‘ylab insonlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egallamoqda va ularning salbiy oqibatlari ko‘p hollarda kasallikning erta aniqlanmaganligi bilan bog‘liq.

Shu boisdan, onkologik kasalliklarning erta bosqichlarda aniqlanishini ta’minlash va ularni davolashda samaradorlikni oshirish maqsadida O‘zbekistonda qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

"O‘zbekneftgaz" AJ va uning tasarrufidagi "Neft gaz bino inshoat" MCHJda ham ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha skrining tekshiruvlari tashkil etildi. 45 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan 75 nafar ayol xodimlar maxsus ko‘chma laboratoriya orqali skriningdan o‘tkazildi.

Bu turdagi tekshiruvlar ayollarning har qanday onkologik kasalliklardan erta aniqlanishini ta’minlash va ularni vaqtida davolash imkonini beradi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook