June 3, 2023

“O‘zbekneftgaz” AJ turli veb-sayt va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini firibgarlar tuzog‘idan ogohlantiradi

Ruscha

Internet tarmoqlarida “O‘zbekneftgaz” AJ nomidan investitsiya kiritish orqali daromad olish haqidagi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, navbatdagi yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda.

Ushbu xabarlarda ham “O‘zbekneftgaz” AJga sarmoya kiritish orqali, mo‘may daromad topish taklif etilib, yolg‘on chaqiriq qilgan firibgarlar internet foydalanuvchilarning telefon nomer va plastik kartalaridan pul yechib olishga urinishlari mumkin.

Hurmatli internet foydalanuvchilari “O‘zbekneftgaz” AJ nomidan foydalanib, daromad ilinjida yurganlarning aldovlariga uchmang. Bunday ma’lumotlar “O‘zbekneftgaz” AJning mutlaqo aloqasi yo‘q va bu yolg‘ondir.

“O‘zbekneftgaz” AJ faoliyati bilan bog‘liq rasmiy xabarlar bilan faqat aksiyadorlik jamiyatining www.ung.uz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali tanishishingiz mumkin.

"O‘zbekneftgaz" AJ rasmiy axborot resurslari bo‘lmagan internet tarmog‘ida e’lon qilingan har qanday ma’lumotlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlar uchun javobgar emasligi haqida ogohlantiradi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|