Talabalar uchun yana bir stipendiya dasturi e’lon qilindi
“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi joriy yilning 5 dekabr kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 4-bosqich talabalari orasidan iqtidorli yoshlarni tanlab olish maqsadida imtihonlar o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Stipendiya dasturi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
• Issiqlik energetikasi;
• Elektr energetikasi;
• Texnologik mashinalar va jihozlar;
• Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish;
• Yuqori molekulyar birikmalar;
• Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi.
Stipendiya dasturi bir necha bosqichda amalga oshiriladi va har bir bosqich imtihon natijalari Majmuaning rasmiy veb-sayti http://sgcc.uz/ va @sgcc_uz telegram kanali orqali e’lon qilib boriladi.
Dastur g‘oliblariga 2023-2024 o‘quv yili yakuniga qadar stipendiya to‘lab boriladi.
Эслатиб ўтамиз, ayni paytda “GTL stipendiyalar dasturi - 5” tanlovi uchun texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavr va 1-, 2-bosqich magistr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida saralash bosqichlari o‘tkazilmoqda.