Today

Aviatsiya yoqilg‘isi bozorida xalqaro hamkorlik

“O‘zbekneftgaz” AJ mas’ullari Xalqaro havo transporti assosiatsiyasining (IATA) Markaziy Osiyo bo‘yicha menejeri janob Rizvan Siddiq boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Mehmonlarga Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan “Jet A-1” avia yoqilg‘isi, “Jet A-1 SSF” yarim sintetik avia yoqilg‘isi hamda “GTL” kerosini haqida ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvda barqaror aviatsiya yoqilg‘isi (SAF) ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, soha rivoji istiqbollari va Assosiatsiya bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uzoq muddatli rejalar, CO₂ chiqindilarini kamaytirish va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining CORSIA dasturi doirasida hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Assosiatsiya vakillari “O‘zbekneftgaz” AJning sohadagi yutuqlarini namoyish etish maqsadida xalqaro tadbirlarda ishtirok etishga taklif etdilar.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati