“Oʼzbekneftgaz”: “UNG-YOUTH MARATHON” yugurish marafonida 500 nafarga yaqin xodim qatnashdi
Bugun, 18 may kuni “Oʼzbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley xalqaro koʼrgazmasi doirasida yosh mutaxassislar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish maqsadida “UNG-YOUTH MARATHON” yugurish marafoni oʼtkazildi.
Koʼtarinki ruhda oʼtkazilgan ushbu yugurish marafonida 500 nafarga yaqin yosh xodimlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar marafonda 3 km. masofaga yugurish boʼyicha oʼz kuchlarini sinashdi. Belgilangan masofani birinchi boʼlib, yugurib oʼtgan 6 nafar ishtirokchi gʼolib deb topildi.
Qizlar oʼrtasidagi bellashuvda:
1️⃣-oʼrin — Durdona Safarova, talaba-ishtirokchi;
2️⃣-oʼrin — Valeriya Аshirova, "Uzbekgeofizika" АJ xodimi;
3️⃣-oʼrin — Dilafroʼz Burxonova, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi xodimi.
Yigitlar oʼrtasidagi bellashuvda:
1️⃣-oʼrin — Nodir Taniev, “OʼzLITIneftegaz” АJ xodimi;
2️⃣-oʼrin — Sherali Musulmonov, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi xodimi;
3️⃣-oʼrin — Doston Ergashev, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi xodimi.
Gʼoliblar qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandi.