Kuzatuv kengashi qo‘mitalarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekneftgaz” AJda Kuzatuv kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va etika qo‘mitasi hamda Strategiya va investitsiyalar qo‘mitasi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlarda Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari – Thomas Quigley (Buyuk Britaniya) va Barry Melnkovic (AQSH), shuningdek, jamiyat rahbariyati va tegishli tarkibiy bo‘linmalari vakillari ishtirok etdi.
Boshqaruv raisi tomonidan Jamiyat ustuvor vazifalarini amalga oshirilishi, asosiy loyihalarning joriy holati va barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi va korporativ etikani takomillashtirish, komplayens-nazoratning ilg‘or xalqaro standartlarini joriy etish, strategik va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Yig‘ilishlar yakunida qo‘mitalar tomonidan 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalari tasdiqlandi va komplayens-nazorat tizimini yanada takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini rivojlantirish, shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, jamiyatni rivojlantirishning strategik vazifalarini samarali amalga oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi.