September 5, 2023

Neft va gaz ob’yektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarma va korxonalarda asosiy muhandislik kommunikatsiyalar va texnologik asbob-uskunalarni kuz-qish mavsumida barqaror va to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash maqsadida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Ushbu rejaga asosan 103 ta texnologik qurilma, 29 ta qozonxona, 45 ta qozon, 268 ta sig‘im, 52 ta ishlab chiqarish binosi, 31 ta gaz taqsimlash punkti, 5 563 metr issiqlik va 4 730 metr suv tarmoqlari, 138 ta transformator podstansiyasi, 46 885 metr elektr tarmog‘i, 25 657 metr kabel estakadasi ta’mirlandi.

Bundan tashqari 300 ta sig‘imda tozalash ishlari olib borildi, 1 471 metr issiqlik tarmog‘i izolyasiya qilindi, 53 ta dizel elektr stansiyasi, 110 ta uzluksiz elektr ta’minoti manbasi, 83 ta zahirani avtomatik ulash qurilmasining ishchi holati tekshirildi.

Shu bilan birga uglevodorodlarni qazib chiqarish va qayta ishlash ob’yektlaridagi asosiy muhandislik kommunikatsiyalarida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Ko‘kdumaloq”, “Pomuq”, “Alan”, “Janubiy Kemachi” va “Zevarda” konlaridagi gazni tayyorlash qurilmalarining jami 10 ta texnologik tarmog‘ida oldindan rejali ta’mirlash, “Somontepa” konidagi siquv kompressor stansiyasidagi 3 ta gaz haydash agregatida reglament ishlari bajarildi.

Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tasarrufidagi tovar gazni magistral gaz quvurlariga haydash siquv kompressor stansiyalaridagi jami 12 ta gaz haydash agregatida reglament ishlari olib borildi.

Muborak gazni qayta ishlash zavodidagi 7 ta - gazni oltingugurtdan tozalash, 2 ta - past haroratli separatsiyalash, 3 ta - propan-butan aralashmasini ajratib olish, 5 ta - gazni quritish, 1 ta - oltingugurt olish, 3 ta - propan yordamida gazni sovutish qurilmalari va 5 ta - gaz haydash agregatida reglament ishlari o‘tkazildi. Shuningdek, hozirda 2 ta gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 2 ta gazni oltingugurtdan tozalash, 3 ta gazni birlamchi tayyorlash, 5 ta past haroratli separatsiyalash, propan-butan aralashmasini ajratib olish, gazni syeolit yordamida quritish qurilmalarida va cuyultirilgan gazni yig‘ish omboridagi yig‘ish idishida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Sharqiy Berdaq”, “Urga” va “Arslon” konlaridagi gazni kompleks tayyorlash qurilmalarida 6 ta, “Sharqiy Berdaq” siquv kompressor stansiyacidagi gaz haydash agregatining 1 ta texnologik tarmog‘ida oldindan rejali ta’mirlash ishlari o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning birinchi yarim yilligida Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va Buxoro neftni qayta ishlash zavodining barcha texnologik qurilmalari ta’mirlangan edi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube