May 16
Jahon Banki metan chiqindilarini kamaytirishga oid loyihalarni moliyalashtirishga tayyor
“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “O‘zbekneftgaz" AJ rahbariyati hamda Jahon Banki vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muloqotdan ko‘zlangan maqsad energiya samaradorligini oshirish, gaz qazib chiqarish hajmini ko‘paytirish va metan chiqindilarini kamaytirish loyihalariga investisiya kiritish imkoniyatlarni o‘rganishdan iborat.
Dastlab Jamiyat tasarrufidagi ob’yektlarning energiya samaradorligini oshirish va metan chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan loyihalar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qilindi.
Jahon Banki vakillari “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan metan chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirib o‘tdi.