“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024” 26-xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi
Ayni paytda Energetika haftaligining asosiy voqeasi "O‘zbekiston milliy strategiyasiga muvofiq energetika siyosatini uyg‘unlashtirish" yalpi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Undan keyin muhokamalar G2B va B2 uchrashuvlar doirasida davom etadi.
Uch kun davomida quyidagi qator muhim energetika tadbirlar o‘tkaziladi:
· 26- "O‘zbekiston neft va gazi - OGU 2024" ko‘rgazmasi va anjumani.
· 17- Xalqaro "Energetika, energiya tejamkorligi, muqobil energiya manbalari - Power Uzbekistan 2024" ko‘rgazmasi.
· 4-Xalqaro energetika konferensiyasi.
· "Youth Energy Congress" doirasidagi tadbirlar.
· ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimlari.
Energiya haftaligi tadbirlari o‘z ichiga 450 ta kompaniya va brendlar, 50 ta spiker, moderator va 1200 dan ortiq delegatlarni jamlaydi. Ushbu tadbirlarga bo‘lgan katta qiziqish ishtirokchilarning keng geografiyasini ham belgilab berdi. Xususan, Avstriya, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Daniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya, Monako, Niderlandlar, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, AQSH, Turkiya, O‘zbekiston, Fransiya, Chexiya, Shveysariya, Yaponiya kabi jami 31 mamlakat ishtirok etmoqda.
Shuningdek, neft-gaz va energetika sektoridagi yoshlar marafoni – “UNG-YOUTH MARAFON”, “Zakovat” intellektual o‘yini, videoroliklar tanlovi, “Quvvat” 3D animasion multfilmlar seriyasi taqdimoti, mutaxassislarning IT salohiyati hakatoni, eng yaxshi startaplar va innovasion takliflar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimlari o‘tkaziladi.