“O‘zbekneftgaz” AJ “ADIPEC” xalqaro neft va gaz ko‘rgazmasida ishtirok etdi
Joriy yilning 4 noyabr kuni “O‘zbekneftgaz” AJ Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan 23-chi Abu-Dabi xalqaro neft va gaz ko‘rgazmasi va konferentsiyasida (ADIPEC) ishtirok etdi.
Energetika sohasiga oid dunyodagi eng yirik tadbirlardan biri hisoblangan ushbu ko‘rgazma 2 200 dan ortiq kompaniya va 150 000 nafar ishtirokchilarni, jumladan, davlat vakillarini, xususiy tashkilotlar, ilmiy muassasalar va neftь-servis kompaniyalari vakillarini jamladi.
Ko‘rgazma davomida “O‘zbekneftgaz” AJ sohadagi yirik kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Strategik uchrashuvlarda uglevodorodlarni qidirish va qazib olish, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligi va barqarorligini oshirish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Asosiy e'tibor loyihalash, geologiya-qidiruv, burg‘ulash, va konsalting kabi keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatuvchi neft-servis kompaniyalar bilan o‘zaro munosabatlarga qaratildi.
Ushbu kompaniyalar “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatini modernizatsiya qilish va optimallashtirishda muhim o‘rin tutadi, bu esa o‘z navbatida xarajatlarni kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.
ADIPECda ishtirok etish "O‘zbekneftgaz" AJ uchun yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Xalqaro hamkorlar bilan o‘rnatilgan aloqalar va muhokama qilingan tashabbuslar O‘zbekistonning global energetika maydonidagi mavqeini mustahkamlaydi va barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga yordam beradi.
Xususan, ekologiya sohasidagi jahon tendentsiyalariga mos keladigan innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.
“O‘zbekneftgaz ” AJ texnologiyalar va barqaror rivojlanish sohasidagi tashabbuslarni faol rivojlantirishni davom ettirib, samarali va ekologik sof energetika tizimini yaratishga intilmoqda.
Bunday tadbirlarda ishtirok etish kompaniyaning xalqaro energetika hamjamiyatiga integratsiya qilish va sohaning zamonaviy muammolariga (hatarlariga) moslashish strategiyasining muhim qismidir.