November 18

O‘zbekistonda energetikani rejalashtirish masalalari muhokama etildi

Ruscha

Toshkentda o‘tkazilgan “InnoWeek” - g‘oyalar haftaligi doirasida “O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun energetikani rejalashtirish” xalqaro seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir “O‘zbekneftgaz” AJ, Innovatsion rivojlanish agentligi va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlari, EKATO, UNECE, BMTning sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO), Fanlar Akademiyasi hamda vazirliklardan vakillari ishtirok etdilar.

Seminarda xalqaro ekspertlar tomonidan ma'qullangan NEXSTEP dasturiy mahsuloti — siyosiy qarorlarni qabul qilishda kompleks va innovatsion yondashuvni ifodalovchi energetikani rejalashtirishda texnik, iqtisodiy va ijtimoiy-ekologik tahlilni birlashtirgan metodologiya ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vodorod texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha respublikada olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar muhokama etildi.

Shuningdek, BMTning Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi va UNECE tomonidan O‘zbekiston sanoati, uy-joy, transport va tijorat sohalarida energiya sig‘imdorligi bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook