“O‘zbekneftgaz” AJ Aksiyadorlar diqqatiga!
“O‘zbekneftgaz” AJ oddiy aksiyalariga ega yagona aksiyadorining 2025 yil 1 dekabrdagi 5-sonli qaroriga muvofiq 2024 yil yakuni bo‘yicha dividendlarni to‘lash bo‘yicha qaror qabul qilinganligini ma’lum qiladi.
Jumladan, 2018-2023 yil yakunlari bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” AJ aksiyadorlariga hisoblangan dividendlarni to‘lab berish ishlari davom etmoqda.
Shunga ko‘ra, dividendlarni o‘z vaqtida olish maqsadida, aksiyadorlardan (ularning vorislari yoxud merosxo‘rlari) “O‘zbekneftgaz” AJning Korporativ kotibiyatga murojaat qilishlarini, bunda aksiyadorning bank rekvizitlari (plastik kartaning raqami, amal qilish muddati va tranzit hisob raqami, bank STIR raqami va kodi) va pasport nusxasini taqdim etilishini so‘raymiz.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun “O‘zbekneftgaz” AJ Korporativ kotibiyatga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Manzil:Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Yangi Toshkent, Energetika vazirligi ko‘chasi, 22 uy “O‘zbekneftgaz” AJ A Blok binosi;
Telefon: (+998 55) 901-02-53; (+998 71) 207-27-72 (ichki raqam: 2064, 2065, 2065);
Elektron pochta manzili: kans@ung.uz.