Today

E’tirof «O‘zbekneftgaz»ning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi samarali faoliyati e’tirof etildi

Bugun poytaxtda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi nufuzli tadbirlardan biri — VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi doirasida «O‘zbekneftgaz» AJ korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ilg‘or tajribasi, erishlayotgan yutuqlar inobatga olingan holda “Komplayens-nazorat” tizimini samarali joriy etgan tashkilot sifatida e’tirof etilib, maxsus mukofot bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbirda «O‘zbekneftgaz» AJdan Boshqaruv raisining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari ishtirok etib, mukofotni qabul qilib oldi.

Ushbu e’tirof, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda xalqaro ekspertlar tomonidan «O‘zbekneftgaz» AJning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi samarali faoliyati, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarning yuqori baholanganidan dalolat beradi.

2021 yildan buyon Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu forum bugungi kunda xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning aksilkorrupsiya organlari va ekspertlar uchun tajriba almashishning yirik platformasiga aylandi.

Forumda Germaniya, AQSH, Koreya Respublikasi, Xitoy, BAA va Markaziy Osiyo davlatlari kabi ko‘plab mamlakatlar aksilkorrupsiya tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi — mamlakatimizdagi institutsional islohotlar natijalarini namoyish etish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda iboratdir.

Kelgusida ham «O‘zbekneftgaz» AJ korrupsiyaga qarshi kurashish, zamonaviy komplayens mexanizmlarini takomillashtirish orqali sohada ilg‘or tajribalarni joriy etishni izchil davom ettiradi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Axborot xizmati