February 28

“Madad bo‘l” donorlik aksiyasi o‘tkazildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan navbatdagi “Madad bo‘l” shiori ostida donorlik aksiyasi o‘tkazildi.

Xabaringiz bor, yordamga muhtoj bemorlarni qo‘llab-quvvatlash, xodimlar o‘rtasida insonparvarlik va mehr-oqibat fazilatlarini targ‘ib qilish Jamiyat tomonidan an’anaga aylangan.

Navbatdagi donorlik aksiyasida 33 nafar xodim ixtiyoriy ravishda ishtirok etib, bemorlarning sog‘ayishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook