April 4, 2023

“O‘zbekneftgaz”: Joriy yilning I choragida “Hududgazta’minot” AJga suyultirilgan gaz rejaga nisbatan ortig‘i bilan yetkazib berildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonalarning mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish orqali suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Belgilangan reja ko‘rsatkichi bo‘yicha joriy yilning birinchi choragida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish, qayta ishlash boshqarma va korxonalari tomonidan 164,4 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishi belgilangan edi. Olib borilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida amalda 180,173 ming tonna, rejaga nisbatan 109,6% (o‘sish sur’ati 102%) suyultirilgan gaz ishlab chiqarishga erishildi.

Respublika iste’molchilariga 165,4 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 178,926 ming tonna, rejaga nisbatan 108,2% (o‘sish sur’ati 105,6%) tashkil etdi.

Birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha ob’yektlari ehtiyojlarini ta’minlash uchun “Hududgazta’minot” AJga suyultirilgan gaz mahsuloti kelishilgan jadvallar asosida 162 ming tonna yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 163,263 ming tonna, rejaga nisbatan 100,8% (o‘sish surati 105,5%) yetkazib berildi.

2019-2023 yillarda aholi va ijtimoiy soha ob’yektlari ehtiyoji uchun “Hududgazta’minot” AJga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz miqdorlari tahlili bilan quyidagi diagrammada tanishish mumkin:

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan standartlar talablari asosidagi suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish va iste’molchilarga belgilangan miqdorlarda uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Zavod va korxonalarda ishlab chiqarilayotgan suyultirilgan gazning kunlik hajmi va “Hududgazta’minot” AJ hamda boshqa turdagi iste’molchilarga birja savdolari orqali yuklab berish jarayonlari “O‘zbekneftgaz” AJ Tijorat departamenti va Markaziy ishlab-chiqarish dispetcherlik departamenti tomonidan 24 soat davomida raqamlashtirilgan onlayn tizim orqali nazorat qilib borilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|