October 2

Kuz-qish mavsumida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan o‘quv mashqlari o‘tkazildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Termiz, Navoiy neft bazalarida joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari doirasida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Tadbirlarda mavsumda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, favqulodda vaziyatlar va avariyalar oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha fuqaro muhofazasi tuzilmalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘in tufayli elektr ta’minotidagi uzilish va sovuq ob-havo tufayli uskunalarning ishdan chiqishiga olib keluvchi omillar muhokama qilindi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha yuqori tayyorgarlik ko‘rsatildi.

Shuningdek, hamkorlikdagi kuchlar, jumladan, avariya-qutqaruv jamoalarining ushbu ob’yektlarda zilzila sodir bo‘lganda ishchi-xodimlarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish, zararlangan hududlarda yong‘in sodir bo‘lganda uni bartaraf etish choralari nazoratdan o‘tkazildi.

Tadbir yakunida mutaxassislar tomonidan fuqaro muhofazasi tuzilmalari va ob’yektlarning kuz-qish mavsumidagi tayyorgarlik darajasi yuqori baholanib, “TAYYOR” deb topildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi barcha ob’yektlarda bunday o‘quv mashg‘ulotlari tizimli ravishda o‘tkazib borilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook