March 3

“GTL” xodimi “Kimyo Girls” olimpiadasida faxrli II o‘rinni egalladi

Ruscha

O‘zbekistonda qizlar o‘rtasida kimyoga qiziqishni rivojlantirishga bag‘ishlangan muhim tadbir — “Kimyo Girls” respublika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir nafaqat ilmiy ijodni oshirish, balki iste’dodlarni rivojlantirish, tajriba almashish va netvorking uchun imkoniyatlarni yaratish, shuningdek, kelgusi loyihalarini rag‘batlantirishni ham qamrab oladi.

Bir necha yildirki, ushbu nufuzli tanlov “Ziyo Forum” ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi tomonidan tashkil etib kelinmoqda. Olimpiada uch bosqichda tashkil etilib, ishtirokchilarning bilim va malakalari har tomonlama sinovdan o‘tkazildi.

Joriy yilgi olimpiadada test va amaliy sinovlarda saralangan 30 nafar eng yaxshi ishtirokchi finalga yo‘l oldi.

Ular orasidan joy olgan "Uzbekistan GTL" xodimi Yulduz To‘xtayeva ham finalda o‘z ilmiy loyihasini taqdim etib, mustaqil ravishda himoya qildi va faxrli II o‘rinni qo‘lga kiritdi.

"O‘zbekneftgaz" AJ jamoasi Yulduz To‘xtayevani ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida yanada yuksak marralarni zabt etishini tilaydi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook