September 8, 2023

Benzin uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi

Ruscha

Qonunchilikka muvofiq, ayrim toifa shaxslarga avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi oylik pul kompensatsiyasi sifatida to‘lanadi.

Hukumat huzuridagi Idoralararo tarif komissiyaning 2023 yil 31 avgustdagi qarori bilan ushbu turdagi kompensatsiyaning yangi miqdori belgilandi.

Unga ko‘ra, benzin uchun kompensatsiya miqdori 2023 yil III chorakdan boshlab 119 640 so‘mni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar yashash joyi bo‘yicha pensiya va nafaqalar tayinlanadigan organlarga murojaat qiladi.

Benzin uchun kompensatsiya to‘lovlari "O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan moliyashlashtiriladi.

"O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube