October 6
Murojaatlar soni 12 foizga kamaydi
2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 505 ta murojaatning barchasi Boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Raqamlar murojaatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 foizga kamayganini ko‘rsatdi.
Ularning 325 tasi qanoatlantirilgan, 155 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 12 tasi rad etilgan, 13 tasi ish jarayonida.
Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 186 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 177 tasining ijrosi ta’minlandi, 9 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
“Ishonch telefoni” orqali 1 127 ta murojaatga hamda veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali 1 452 ta murojaatga tezkor javob va tushuntirishlar berildi.
October 6, 04:31
0 views
0 reposts