August 14

Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir ishchi-xodimning shaxsiy mas’uliyati

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan tizim korxonalarida korrupsiya xavfini o‘rganish, oldini olish, shaffoflikni ta’minlash maqsadida kompleks chora-tadbirlar tizimli amalga oshirilmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida “UNG Toshkent dengizi” oromgohida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyat rahbariyati, ishchi-xodimlar hamda Toshkent viloyati Piskent tumani prokuraturasi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda, davlatimiz rahbari tomonidan 2025 yil 21 aprelda "Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyat samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qabul qilingan qarorda belgilangan vazifalar mazmuni, ularni hayotga tatbiq etish mexanizmlari hamda mansabdor shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Jamiyat faoliyatida korrupsion omillarni bartaraf etish, ayniqsa, “Komplayens nazorati” tizimi orqali tijorat va shartnomaviy munosabatlarda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ijtimoiy mas’uliyat va fuqarolik pozisiyasi haqida fikr yuritildi. Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, bu illatga qarshi kurashish har bir ishchi-xodimning shaxsiy mas’uliyati ekanligi ta’kidlandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati