September 18

Yevropa eksport va savdo banki delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati hamda Germaniyaning "AKA European export-trade bank"i bosh direktori M. Vengrchik boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston neft-gaz sanoatining asosiy tendensiyalari, ishlab chiqarish faoliyati, kompaniyaning investitsiyaviy ustuvor yo‘nalishlari va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar "O‘zbekneftgaz” AJning Yevropa kontenti mavjud shartnomalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Muzokaralar davomida “yashil” loyihalarni moliyalashtirishni jalb qilish shartlarini o‘rganish belgilab olindi.

Uchrashuvning maqsadi – o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va manfaatli loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlar asosida kelajakdagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilishi kutilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook