March 15

2024 yil 1 apreldan aksiz solig‘i stavkalarining o‘zgarishi munosabati bilan neft mahsulotlari narxlari o‘zgarmoqda

Ruscha

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 2893-moddasiga muvofiq, 2024 yilning 1 aprelidan boshlab neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi o‘zgarishi belgilangan, jumladan:

1. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi aksiz solig‘i:

AI-80 benzini mahsulotining 1 tonnasi uchun 303 000 so‘mdan 340 000 so‘mga (37 000 so‘mga);

Aviakerosin (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 242 000 so‘mdan 271 000 so‘mga (29 000 so‘mga);

Dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 291 000 so‘mdan 326 000 so‘mga (35 000 so‘mga);

EKO dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 262 000 so‘mdan 293 000 so‘mga (31 000 so‘mga);

2. Neft mahsulotlarini va suyultirilgan gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i:

AI-80 benzin uchun mahsulotining 1 tonnasi uchun 565 000 so‘mdan 633 000 so‘mga (68 000 so‘mga);

Dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 516 000 so‘mdan 578 000 so‘mga (68 000 so‘mga);

Suyultirilgan gaz mahsulotining 1 tonnasi uchun 807 500 so‘mdan 904 000 so‘mga (96 500 so‘mga) oshishi belgilangan.

Shu munosabat bilan “O‘zbekneftgaz” AJ neft mahsulotlari va suyultirilgan gazini birja savdolari orqali sotishdagi boshlang‘ich narxlari 2024 yil 1 apreldan boshlab aksiz solig‘i o‘zgarishi inobatga olingan holda shakllantirilgan boshlang‘ich narxlarda amalga oshiriladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook