“Air Products” va “Synfuels” kompaniyalari bilan uch tomonlama muzokara o‘tkazildi
“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston xalqaro energetika forumi doirasida “O‘zbekneftgaz" AJ va AQSHning sanoat gazlari bo‘yicha jahon yetakchisi “Air Products” hamda sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarga ixtisoslashgan “Synfuels” kompaniyalari o‘rtasida uch tomonlama muzokara bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi sintez-gaz (Syngas) ishlab chiqarish va keyin uni suyuq uglevodorodlar hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega kimyoviy mahsulotlar tayyorlash uchun foydalanish maqsadida ko‘mirni gazifikatsiya qilish istiqbollari va texnologiyalari bo‘ldi.
Ko‘mirni gazlashtirish – uglerodli xom ashyoni chuqur qayta ishlash, barqaror energiya ta’minotini ta’minlash va uglerod izini kamaytirishning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi.
Muzokara davomida tomonlar hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari va asosiy texnologik yechimlarni muhokama qildilar.