May 16, 2025

“O‘zbekneftgaz” AJ firibgarlar tuzog‘idan ogohlantiradi

Ruscha

Internet tarmoqlarida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi nomidan sarmoya kiritish orqali mo‘may daromad topish imkoni paydo bo‘lgani haqida navbatdagi yolg‘on xabarlar tarqalmoqda.

Hurmatli fuqarolar “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati nomidan foydalanib, daromad ilinjida yurganlarning aldovlariga uchmang. Bunday ma’lumotlarga “O‘zbekneftgaz” AJning mutlaqo aloqasi yo‘q.

Yolg‘on chaqiriq qilgan firibgarlar sizning telefon raqam yoki plastik kartalaringizdan pul yechib olishga urinishlari mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ faoliyati bilan bog‘liq rasmiy xabarlar bilan faqat aksiyadorlik jamiyatining www.ung.uz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi instagram, telegram, youtube, facebook rasmiy sahifalari orqali tanishishingiz mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati