July 23

Ayollar salomatligi doimo e’tiborda

Ruscha

Onkologik kasalliklar bugungi kunda butun dunyoda inson salomatligiga jiddiy ta’sir etayotgan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammodir.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bunday kasalliklarga chalinish ko‘rsatkichi yildan yilga o‘sib bormoqda. Mutaxassislar kasallik erta aniqlansa davolash uchun zarur bo‘lgan vaqt yetarli bo‘lishini qayd etishadi.

Shu maqsadda "O‘zbekneftgaz" AJ Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida faoliyat yuritayotgan 45-60 yosh xotin qizlar o‘rtasida bepul tekshiruvlar tashkil etildi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad ayollarda tibbiy madaniyatni oshirish, turli xastaliklar rivojlanish xavfini kamaytirishdan iborat.

Qarshi shahar onkologik shifoxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvda majmuada mehnat qilayotgan 250 nafar ayol qamrab olindi.

Ko‘rik malakali shifokorlar tomonidan zamonaviy uskunalar yordamida amalga oshirildi. Tekshiruvdan so‘ng har bir ayolga shifokorlar tomonidan individual maslahat va tavsiyalar berildi. Bunday tashabbuslar sog‘lom ish muhitini yaratish, ayollar salomatligini mustahkamlash, saraton kasalligini erta aniqlash va oldini olishga xizmat qiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook