December 29, 2024

1 yanvardan e’tiboran barcha turdagi neft mahsulotlari erkin raqobat muhitida sotuvga chiqariladi

Ruscha

Bugun mamlakatimiz tovarlar va xizmatlar bozorida samarali raqobat muhitini paydo qilish, monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, taqsimlash tizimi unsurlarini tugatish, xo‘jalik yurituvchi barcha sub’yektlarning moddiy-texnika resurslar bilan ta’minlanishida teng shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ushbu tartib-tamoyilga asosan, 2025 yil 1 yanvardan e’tiboran “Buxoro NQIZ” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi neft mahsulotlari, shu jumladan, avtobenzin ham faqat birja savdolari orqali erkin raqobat muhitida sotuvga chiqariladi.

Respublika aholisining avtobenzinga bo‘lgan talabini bir maromda qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan bo‘lib, buning uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook