Ustozlar sayohatga olib borildi
1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan fidoyi ustozlar hamda ko‘p yillar mehnat qilgan nafaqadagi faxriylar holidan xabar olinib, sovg‘alar ulashildi, ehtirom ko‘rsatildi.
Shuningdek, Muborak gazni qayta ishlash zavodi tashabbusi bilan ishchi-xodimlar va faxriylar uchun mamlakatimizning turli hududlariga sayohatlar tashkil etildi. Xodimlar “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida poytaxtdagi “Magic City”, “Amirsoy”, Gʻalaba bog‘i, Islom sivilizatsiyasi markazi, Hasti Imom, Baroqxon madrasasi kabi ziyoratgoh va zamonaviy inshootlarni tomosha qildilar.
Mehnat faxriylari esa Qashqadaryo viloyatidagi Abu Ubayda Omar ibn al-Jarrox, Sulton Mir Haydar ota va Imom Abu Muin Nasafiy yodgorliklariga sayohat qilib, “Qashqadaryo sohili” sanatoriyasida dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, Yakkabog‘dagi “Temur avlodlari” oromgohi va Shahrisabz shahridagi “Oqsaroy” majmuasiga ham ekskursiyalar uyushtirildi.
Ushbu tashabbuslar ustozlarlarga bo‘lgan samimiy hurmat va e’tiborning ifodasidir.