Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi Xalqaro standart bo‘yicha auditdan o‘tkazildi
Joriy yilning oktyabr oyida "Central Asia Certification" MCHJning xalqaro auditorlari tomonidan "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda joriy qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashishni boshqarish tizimi “ISO 37001:2016” xalqaro standarti talablariga mosligi bo‘yicha kuzatuv auditi tashkil etildi.
Kuzatuv davomida auditorlar jamoasi tomonidan majmuada korrupsion xavflar va ularni boshqarish va qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar nazoratdan o‘tkazildi.
Audit yakunlari bo‘yicha auditorlar tomonidan korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar yuqori baholandi va boshqaruv tizimining faoliyati a’lo darajada deb topildi.
Audit yakunida o‘tkazilgan yig‘ilishda auditorlar tomonidan korxonada tekshiruvlar davomida nomuvofiqliklar aniqlanmagani alohida ta’kidlab o‘tildi hamda majmuaga taqdim qilingan sertifikatning amal qilish muddati yana bir yilga uzaytirilishi tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun: ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” xalqaro standarti – korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratishga va korrupsiya xavfini minimallashtirishga xizmat qiladi.