November 13

Korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan korxona, zavod, boshqarma va neft bazalarida korrupsiya xavfini o‘rganish, oldini olish, shaffoflikni ta'minlash maqsadida kompleks chora-tadbirlar tizimli amalga oshirilmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Idoraviy dastur asosida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali idoraviy chora-tadbirlar tashkil etilishini ta'minlash” mavzusida maxsus o‘quv-kurslari tashkil etildi.

Ularda rahbar va mas'ul xodimlardan iborat 50 nafar ishtirokchi qatnashdi. Kurslar davomida “Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish hamda oldini olish” mavzusida seminar va treninglar ham o‘tkazildi. Tadbirlarda xodimlarning kasbiy darajasi va intellektual salohiyatini oshirishga alohida e'tibor qaratildi.

Mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.

Mazkur tashabbus, korrupsiyaning oldini olish borasidagi harakatlar samaradorligini oshirish, davlat organlari va xususiy sektor o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatli.

Shuningdek, kurslarda ishtirok etgan rahbarlar va mas'ul xodimlar o‘z tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amaliy tadbirlarni joriy etish va ular samaradorligini baholash uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook