March 6

Neft-kimyo korxonalari bosh metrologlari sohani rivojlantirish masalalarini muhokama etishdi

Ruscha

Rossiya va MDH mamlakatlari neftni qayta ishlash va neft-kimyo korxonalari bosh metrologlari kengashining navbatdagi yillik yig‘ilishida “O‘zbekneftgaz” AJ va Buxoro neftni qayta ishlash zavodi metrologlari ham ishtirok etdi.

Unda qatnashgan 80 dan ortiq sanoat kompaniyai vakillari, shuningdek, o‘lchash asboblari va metrologik uskunalar ishlab chiqaruvchilari import mahsulotlarini o‘zlashtirish, korxonalarni avtomatlashtirish va yuqori aniqlikdagi o‘lchov asboblarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar. Asosiy e’tibor sanoatda aniqlik va samaradorlikni oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali energiya samaradorligini ta’minlashga qaratildi.

Yig‘ilishning asosiy maqsadlaridan biri – innovasion va integratsiyalangan metrologik yechimlarni ishlab chiqish va tatbiq etishdan iborat bo‘ldi. Rivojlangan kompaniyalarning metrologik xizmatlarini avtomatlashtirish uchun integratsiyalashgan yechimlar, raqamli podstansiyalar va ilg‘or texnologiyalari taqdim etildi. Ushbu texnologiyalar sanoat korxonalarida o‘lchash jarayonlarini avtomatik tarzda nazorat qilish imkonini berib, ularni optimallashtirish va aniqligini oshirishga yordam beradi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda bir qator mutaxassislar va ekspertlar ham o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, neft-kimyo sanoatida zamonaviy texnologiyalar ahamiyatini ta’kidladilar. Davra suhbatlari va seminarlar orqali ishtirokchilar sohaga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish, hamkorlik qilish va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Yig‘ilish yakunida yuqori aniqlikdagi o‘lchov asboblarini ishlab chiqarish va ilg‘or metrologiya xizmatlari ko‘rsatishda korxonalar raqobatbardoshligini oshirish va sanoatni rivojlantirish borasidagi strategik yo‘nalishlar belgilab olindi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook