January 30

Birlashgan kasaba uyushmasi tashkilotining navbatdan tashqari konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Рус

Anjuman kun tartibiga "Oʻzbekneftgaz" AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi saylovi, shuningdek, uning rayosati tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish masalalari kiritildi.

Unda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari, shuningdek, Boshqaruv raisining xotin-qizlar, ma’naviy-ma’rifiy va davlat tili hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etdi. Tadbir kasaba uyushmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, xodimlar manfaatlarini samarali himoya qilish masalalariga bag‘ishlandi.

Shuningdek, jamiyat tarkibidagi zavodlar, boshqarmalar va korxonalar kasaba uyushmasi tashkilotlaridan saylangan 71 nafar delegat qatnashib, oʻz taklif va mulohazalarini bildirdi. Muhokamalar ochiq, konstruktiv va amaliy ruhda oʻtdi.

Delegatlar tomonidan Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish departamenti boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Gaziyev ochiq ovoz berish yoʻli bilan bir ovozdan “Oʻzbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi etib saylandi.

Anjumanda kelgusida xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnat munosabatlarini tartibga solish, ijtimoiy himoya mexanizmlarini kuchaytirish hamda kasaba uyushmalarining jamiyat hayotidagi oʻrnini yanada oshirish asosiy ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi.

Tadbir yakunida Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi va uning rayosati tarkibiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilib, kelgusi faoliyat uchun aniq vazifalar belgilab olindi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Axborot xizmati