February 21

Milliylik va qadriyatlar targ‘iboti

Ruscha

Xabaringiz bor, Toshkent shahar hokimi qarori bilan milliy liboslar va milliylik targ‘ibotini o‘z ichiga olgan "Milliy Toshkent" loyihasi amalga oshirilmoqda. Hujjat bilan poytaxtdagi davlat muassassalari xodimlariga milliy liboslarda yurish tavsiya etilgan.

Ushbu tadbir milliy qadriyatlarni asrash, ularni keng targ‘ib qilish hamda avlodlar o‘rtasidagi bog‘lanishni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Shu bois "O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan haftaning har juma kuni milliy liboslar chelenji o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.

Tadbirda Jamiyat xodimlari milliy liboslarda qatnashib, o‘zlarining milliylikka bo‘lgan ehtiromlarini namoyon etmoqdalar.

Bunday chelenjlar xalqimiz madaniyati va milliy urf-odatlarini asrashda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy liboslar nafaqat an’anaviy kiyim sifatida, balki xalqimizning tarixi va qadriyatlari ramzi sifatida ham xizmat qiladi.

Bu tadbirlar avlodlar o‘rtasidagi madaniy merosni saqlash va kelajakka yetkazishda o‘ziga xos o‘rin tutadi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook