June 22, 2023

«Uzbekneftegaz»: “Uzbekistan GTL” zavodi suyultirilgan gaz sotuvini boshladi

Ruscha

2023 yil 22 iyun kuni “O‘zRTXB” AJ ("O‘zbekiston Respublikasi tovar-hom ashyo birjasi") savdo maydonchasiga boshlang‘ich narxi tonnasiga 3 120 552,52 so‘mga teng bo‘lgan GTL suyultirilgan gazining 161 tonnali birinchi partiyasi qo‘yildi.

Suyultirilgan gaz Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi shartlari asosida yetkazib beriladi.

Suyultirilgan uglevodorod gazi (SUG) bosim ostida hosil bo‘lgan propan va butan aralashmasi bo‘lgan yoqilg‘idir. Ishlab chiqarish jarayonida klaster o‘zgarib, gaz suyuq holatga o‘tadi, bunda uni hajmi qisqarib, tashish va taqsimlash jarayonlari osonlashadi.

Iqtisodiy va ekologik jihatdan suyultirilgan uglevodorod gazi benzin va dizel yoqilg‘isidan ustunlikka ega, shuning uchun turli sanoatlarda keng qo‘llaniladi.

Transport yoqilg‘isi sifatida ishlatilganda suyultirilgan gaz yonish jarayonida boshqa uglevodorod yoqilg‘ilariga nisbatan 10-12 foiz kam CO2 chiqaradi.

Shuningdek, u mamlakatning eng chekka burchaklariga yetkazishda qulay yoqilg‘i bo‘lib, millionlab odamlarning hayotini yaxshilashga yordam beradi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|