AQSHning yetakchi neft-servis kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
Joriy yilning 5 sentyabr kuni Xьyuston shahrida “Schlumberger” va “Vortex Tools” xalqaro neft-servis kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazildi.
“Schlumberger” kompaniyasining ijrochi vise-prezidenti X. Al Mogarbel bilan “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli konlarda uglevodorodlar qazib olishni ko‘paytirishga qaratilgan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijasi muhokama qilindi. Shuningdek, uglevodorodlar hajmini oshirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar belgilab olindi.
Eslatib o‘tamiz, “Schlumberger” kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” AJning ko‘p yillik va tasdiqlangan hamkori hisoblanadi.
2020 yilda “Schlumberger” bilan hamkorlikda “O‘zbekneftgaz” AJning Milliy neft va gaz ma’lumotlar bazasi yaratilgan, 2021 yilda jamiyat konlari bo‘yicha geologik-texnik tadbirlar dasturini samaradorligini baholash loyihasi amalga oshirildi, 2022 yilda jamiyatning uchun ishlab chiqarish dasturi ishlab chiqildi, nazorat qilindi va tuzatishlar kiritildi.
Shu kuni “Vortex Tools” kompaniyasi prezidenti A.Miller bilan ham hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Amerika tomoni quduqlarda tabiiy gaz oqimining ko‘payishini ta’minlaydigan yechimlarni taklif qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar “O‘zbekneftgaz” AJning ishlab chiqarish jarayonlarida “Vortex Tools” texnologiyasini qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish uchun zarur ma’lumotlarni almashishga qaror qildilar.
“O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasining AQSHga tashrifi davom etmoqda.