June 16, 2023

“O‘zbekneftgaz”: May oyida “Hududgazta’minot” AJ orqali aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish rejasi ortig‘i bilan bajarildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan iste’molchilarga suyultirilgan gazni uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida jadal suratlarda ishlar davom ettirilmoqda.

Joriy yilning may oyida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish, qayta ishlash boshqarma va korxonalari tomonidan 52,1 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi.

“Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz ta’minoti filiallariga joriy oyda suyultirilgan gaz mahsuloti kelishilgan jadvallar asosida 46,6 ming tonna yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 48,7 ming tonna, rejaga nisbatan 104,4% (o‘sish surati 97,6%) yetkazib berildi.

Zavod va boshqarmalarda ishlab chiqarilayotgan suyultirilgan gazning kunlik hajmi, “Hududgazta’minot” AJ korxonalariga yuklab berish hamda birja savdolariga chiqarish jarayonlari “O‘zbekneftgaz” AJ Tijorat departamenti va Markaziy ishlab-chiqarish dispetcherlik departamenti tomonidan 24 soat davomida raqamlashtirilgan onlayn tizimi orqali nazorat qilib borilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|