Murojaatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaydi
2025 yilning yanvar-iyun oylarida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 307 ta murojaatning barchasi boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Tahlillar murojaatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26 foizga kamayganini ko‘rsatdi.
Ularning 246 tasi qanoatlantirilgan, 39 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 10 tasi rad etilgan, 12 tasi ish jarayonida.
Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 142 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 132 tasining ijrosi ta’minlandi, 10 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
892 ta og‘zaki murojaatga “Ishonch telefoni” orqali huquqiy tushuntirishlar hamda 1 160 ta murojaatga rasmiy veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali tezkor javob berildi.