February 29, 2024

Profilaktik tadbirlar orqali korrupsiyaga qarshi kurashilmoqda

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJda korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning fevral oyida Jamiyatga qarashli barcha boshqarma va korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ichki me’yoriy hujjatlar ijrosiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Mehnat jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlarda korrusiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan tadbirlar mohiyati, ichki tartib qoidalarida aks ettirilgan talablarga rioya qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama etilib, keng qamrovli profilaktik tushuntirishlar berildi.

Ishchi-xodimlarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan berilayotgan to‘laqonli asoslantiruvchi javoblar ichki me’yoriy hujjatlar tub mazmunini anglash va ularga amal qilishlariga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shuningdek, ichki me’yoriy hujjatlarning tizim korxonalaridagi ijrosi yuzasidan ham joylarda o‘rganishlar o‘tkazilib, aniqlangan xato kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Qonunchilik asosida ta’sir choralari va javobgarlik mavjudligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi mehnat intizomi va korrupsiyaga qarshi kurashish prinsiplarining xodimlar ish faoliyatida ajralmas qismga aylanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook