Belgilangan reja ko‘rsatkichlari ortig‘i bilan bajarildi
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan organik sintez va nanotexnologiyalar orqali ishlab chiqarishning yangi quvvatlari negizida mahalliy xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan ko‘p pog‘onali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish maqsad qilingan.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun bugungi kunda Jamiyat tasarrufidagi Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida tabiiy gaz resurslari chuqur qayta ishlanmoqda.
2024 yilning ilk oyida Majmuadagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ijobiy natijalar bilan yakunlandi. Xususan, yanvarda 375,471 mln kub metr xom-ashyo gazini (rejaga nisbatan 101,5 foiz) chuqur qayta ishlash orqali quyidagilarga erishildi:
• 317,085 mln kub metr tozalangan tabiiy gaz (rejaga nisbatan 102,0 foiz);
• 8 706 tonna gaz kondensati (rejaga nisbatan 104,9 foiz);
• 11 166 tonna suyultirilgan gaz (rejaga nisbatan 112,8 foiz);
• 105 tonna oltingugurt (rejaga nisbatan 139,4 foiz);
• 12 320 tonna polietilen (rejaga nisbatan 105,3 foiz) mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Yanvar oyi uchun belgilangan ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichlari ortig‘i bilan bajarildi.