Vakant lavozimlar uchun tanlov
“O‘zbekneftgaz” AJ Geologiya departamenti, geologiya-geofizika ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi Ustyurt regioni bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
• ma’lumoti: Oliy;
• mutaxassisligi: Neft va gaz geologiyasi va geofizikasi;
• tillarni bilishi: O‘zbek va rus tillari – majburiy (ingliz tilini bilish qo‘shimcha afzallik beradi)
• kompyuter savodxonligi: Mukammal foydalanuvchi (Office: CorelDraw, Excel, Power Point, Word);
• ish tajribasi: O‘z yo‘nalishida kamida 3 yil;
Mutaxassisga qo‘yiladigan funksional majburiyatlar:
• Geologik va geofizik ishlarning yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish va ularni Respublika neft-gaz sanoatining umumiy vazifalari bilan muvofiqlashtirish;
• Quduqlarni burg‘ilashda geologik va geofizik masalalarni tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda tezkor yechimlarini tashkil etish;
• Quduqlar qurilishida geologik, geofizik, geokimyoviy tadqiqotlar va mahsuldor gorizontlarda sinov-o‘zlashtirish ishlari o‘tkazilishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, nazorat va monitoring olib borish;
• Chuqur burg‘ilash uchun tayyorlangan yangi istiqbolli maydonlarning geologik va geofizik materiallarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
• Quduqdan olingan kern va shlamlarni vizual tahlil qilish.
Nomzodlar 2025 yil 14 martga qadar ushbu havolaga kirib anketa to‘ldirishlari lozim.
Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.