April 24

“Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi samarali uchrashuvlarga boy bo‘ldi

Ruscha

Poytaxtda 22−24 aprel kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan qator uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

foto - uzexpocentre.uz

Ushbu tadbirda 27 ta davlatdan 10 mingdan ortiq ishtirokchi va biznes delegatsiyalar qatnashib, 230 ta xorijiy kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Bundan tashqari, panel sessiyalari, muhokamalar, davra suhbatlari va biznes uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

Ko‘rgazmada Rossiya ishbilarmon doiralari delegatsiyasi tarkibidagi kompaniya hamda korxonalar vakillari bilan muzokaralar ham bo‘lib o‘tdi.

foto - uzexpocentre.uz

“O‘zbekneftgaz” AJ va Rossiyaning “Germes-Ural” kompaniyasi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda rossiyalik ishlab chiqaruvchilar tomonidan sohada foydalaniladigan zanglamaydigan va alyuminiy qotishmalardan tayyorlangan mahsulotlar taklif qilindi.

Shuningdek, Tatariston Respublikasi sanoat klasteriga kiruvchi “PitON” korxonasi tomonidan yuqori energiya samaradorligini ta’minlash va harajatlarni kamaytirish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyali mahsulotlar taqdim etildi.

“Nijnevartovskremservis” mutaxassislari neft koni uskunalarini ishlab chiqarish, ta’mirlash, modernizatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish sohasida murakkab ishlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z xizmatlari taqdimotini o‘tkazishdi.

foto - uzexpocentre.uz

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan xalqaro sanoat ko‘rgazmasida asosiy e’tibor zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha imkoniyatlarni yaratuvchi uchrashuvlarni tashkil etishga ham qaratildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook