November 13

Neftni qazib chiqarish va qayta ishlash majmualarida sun’iy intellektdan foydalanish taklifi bildirildi  

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJda Rossiyaning Tomsk viloyati gubernatori o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Maqsad sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish.

Tomsk viloyati delegatsiyasi a'zolari murakkab qazib olinadigan neftni qazib chiqarish va qayta ishlash majmualarida sun'iy intellektdan foydalanish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

Shuningdek, hamkorlik doirasida o‘zaro tajriba almashish, maxsus kurs va seminarlar tashkil etish orqali mutaxassislar malakasini oshirish ham muhokama etildi.

Tomonlar hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar. Unda ikki tomonlama loyihalar, ta'lim va tadqiqot sohasidagi hamkorlik, innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun aniq qadamlar belgilab olinadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook