June 5, 2023

“O‘zbekneftgaz”: “O‘ztransgaz” AJga uzatilayotgan tabiiy gazni avtomatik hisoblash eksperiment tariqasida yo‘lga qo‘yildi

Ruscha

Ma’lumki, 2023 yil 12 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni qazib chiqarish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish hisobini yuritish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, gaz hajmining aniq hisobini yuritish maqsadida barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlarni o‘rnatish, ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimini joriy etish nazarda tutilgan.

Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalaridagi tijorat o‘lchov qatorlariga sanoat xromatograflarini o‘rnatilishi va ishlatilishida me’yoriy hujjatlar talablariga amal qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda

“O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘ztrangaz” AJ va “UzGasTrade” AJ mutaxassislari hamkorligida Muborak gazni qayta ishlash zavodidan magistral quvurlarga tabiiy gazni uzatish nuqtalariga o‘rnatilgan “Xromos PGX 1000.1” rusumli sanoat xromatograflardagi ma’lumotlarni tajriba-sinov tarzida elektron hisoblagichlarga avtomatik ravishda uzatilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan Muborak gazni qayta ishlash zavodiga o‘rnatilgan sanoat xromatograflarining davlatlararo standart bo‘yicha qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilganlik holati o‘rganildi.

Shu bilan bir qatorda ushbu zavodning Dispetcherlikning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va Laboratoriya tahlillarini markazlashtirilgan tizimi hamda “Auto Pilot PRO” rusumli sarf o‘lchash asbobini o‘zaro integratsiya qilish va ma’lumotlarni sarf o‘lchash asboblariga uzatish uchun ushbu tizimlardan foydalanish imkoniyati o‘rganib chiqildi.

Hozirgi kunda “O‘zbekneftgaz” AJ Muborak gazni qayta ishlash zavodidan “O‘ztransgaz” AJga uzatiladigan tabiiy gaz hisobi yuritiluvchi tijorat o‘lchov qatorlariga o‘rnatilgan “Xromos PGX 1000.1” rusumli sanoat xromatograflari tahlillarini avtomatik olib borish va ma’lumotlarni “Auto Pilot PRO” rusumli sarf o‘lchash asbobiga avtomatik ravishda uzatib borish eksperiment tariqasida yo‘lga qo‘yildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|