Erkaklar o‘rtasidagi voleybol chempionati yakuniga yetdi!
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan tashkil etilgan erkaklar o‘rtasidagi voleybol bo‘yicha Boshqaruv raisi kubogi musobaqasining final o‘yinlari hamda yopilish va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Final bahslari nihoyatda shiddatli raqobat va yuqori sport ruhida kechdi. Ishtirokchilar o‘z mahorati, jamoaviy hamjihatligi va irodasi bilan tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni taqdim etdilar.
Bu yilgi musobaqada 16 ta jamoa o‘zaro bellashdi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o'rinni Buxoro neftni qayta ishlash zavodi jamoasi, uchinchi o'rinni esa Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi jamoasi egalladi.
“O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati va Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi raisi g‘oliblar, eng yaxshi jamoalar, faol ishtirokchilarni faxriy diplomlar, kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirladilar.