August 29

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tizim korxona va boshqarmalarida davlatimiz mustaqilligimizning 34 yilligi hamda neft va gaz sanoati xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkazildi.

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ushbu bayram tadbirlari Jamiyat Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitalari ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

An’anaga ko‘ra, tadbirlarda soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir qator faol xodimlar mehnati e’tirof etildi. Ular Faxriy yorliq va Tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbirlarda sohada uzoq yillar mehnat qilgan fahriylar ham qatnashdi, ular o‘zlarining kasbiy faoliyatlari davomida orttirgan boy hayotiy tajribalari haqida so‘zlab berishdi.

Barcha korxonalarda ishchi-xodimlar uchun bayramona dasturxonlar yozildi, milliy taomimiz – osh dasturxonlarga tortildi.

Ushbu tadbirlar nafaqat ishchi xodimlarning kasbiy yutuqlari hamda neft va gaz sanoati sohasiga qo‘shayotgan hissasini namoyon etdi balki ularga xush kayfiyat ulashib bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olindi hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati